O‘zbekistonlik figurist juftlik muzda uchish bo‘yicha Jahon chempionatining erkin dasturida muvaffaqiyatli qatnashdi


AQShning Boston shahrida kattalar o‘rtasida figurali uchish bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazilmoqda. 27-martdan 28-martga o‘tar kechasi kun dasturida juftliklar o‘rtasida erkin dastur musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Yekaterina Geynish va Dmitriy Chigiryov ishtirok etib, yakuniy hisobda 120,68 ball to‘plashdi. O‘zbekistonlik sportchilar muz ustida ispaniyalik bastakorlar - Buiki va Yakob Suredaning teatrlashtirilgan musiqasini ijro etishdi. Juftlikning bu mavsumda erkin dasturda eng yaxshi natijasi Kanada Gran-prisida qayd etilgan edi - 126,12 ball.
Geynish va Chigiryov juftligi o‘z chiqishida 11 ta elementdan uchtasida xatoga yo‘l qo‘ydi. Bunday natija bilan o‘zbekistonlik figurali uchuvchilar 2026 yilda Milan va Kortinada bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish imkoniyatiga ega. Biroq erkin dastur g‘olibi va sovrindorlari hali aniqlanmagan. Musobaqalar 30-martgacha davom etadi.

Futbol
Bugun da 19:39


Futbol
Bugun da 17:59