locale OZ

O'zbekistonlik dzyudochilar Junior European Cup 2025 musobaqasini 9 ta medal bilan yakunlashdi

Yoshlar terma jamoasi Paks Junior European Cup 2025 musobaqasida kuchli beshlikka kirdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Vengriyaning Paksh shahrida yoshlar o'rtasidagi nufuzli Paks Junior European Cup 2025 turniri bo'lib o'tdi. Ikki kunlik bellashuvlar yakuniga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi jami 1 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo'lga kiritdi.

Medallar soni bo'yicha yurtimiz jamoasi 38 davlat ishtirok etgan musobaqada kuchli beshlikdan joy oldi. Yoshlar terma jamoasi xalqaro arenada yana bir bor o'z salohiyati va barqaror natijasini namoyish etdi.

Junior European Cup 2025 g'olib va sovrindorlari:

Oltin:
–66 kg: Dilshodbek Hamroev

Kumush:
–48 kg: Sevinch Murodova
–70 kg: Khurshida Razzokberdiyeva
–81 kg: Samariddin Muhibiddinov
+78 kg: Umida Nigmatova
+100 kg: Fazliddin Rafiqov

Bronza:
–57 kg: Rayhona Mamatova
–60 kg: Asadbek Misirov
–73 kg: Mukhriddin Ma'rufov

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting