O‘zbekistonlik chavandoz Shokirov Dilshod xalqaro musobaqada ishtirok etadi
2025 yil 15–18 may kunlari Koreya Respublikasining Seul shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo kubogi Musoboqasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida yosh va tajribali chavandoz, xalqaro musobaqalar g‘olibi Shokirov Dilshod ishtirok etadi.
Mazkur musobaqa jahonning turli davlatlaridan yetakchi sportchilarni bir joyga jamlab, ot sporti bo‘yicha yuqori darajadagi raqobat maydoniga aylanadi. Shokirov Dilshodning ushbu musobaqada ishtiroki O‘zbekiston ot sporti rivoji yo‘lida muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, Shokirov Dilshod bungacha Eron Respublikasida bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallab, oltin medalga sazovor bo‘lgan edi. Ushbu safar ham yurtimiz vakilidan yuksak natijalar kutib qolamiz.
Shokirov Dilshodga musobaqada ulkan omad va zafarlar tilaymiz! Ishonamizki, u O‘zbekiston bayrog‘ini xalqaro maydonda baland ko‘tarib, yurtimiz sport sharafini munosib himoya qiladi