O'zbekistonlik 2 nafar karatechi «Belarus open» da 4 ta medal oldi
Ushbu musobaqa sportchilarimizga Osiyo chempionati oldidan yaxshi tajriba bo’ldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: O’zbekiston Karate WKF assotsiatsiyasi
Avval xabar berganimizdek 2 nafar sportchimiz, Islombek Ismatullayev hamda Abdurasul Sulaymonov “Belarus open” xalqaro musobaqasida ishtirok etishdi. Vakillarimiz 2 ta yosh toifasida ham shoxsupaga ko’tarildilar.
Islombek Ismatullayev (+84kg ) 18-21 yosh toifasida oltin medaliga ega chiqdi. +18 yosh toifasida esa bronza medalini qo’lga kiritdi.
Abdurasul Sulaymonov (-84kg) 18-21 yosh toifasida bronza, +18 yosh toifasida esa kumush medalini qo’lga kiritdi.
Ushbu musobaqa sportchilarimizga Osiyo chempionati oldidan yaxshi tajriba bo’ldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist