locale OZ

O‘zbekistonda taekvondo boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati oʻtkaziladi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekistonda taekvondo boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati oʻtkaziladi
FОТО: Olympic.uz

Bu musobaqada Dakar-2026 yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmalar oʻynaladi. Mazkur qarorni Butunjahon taekvondo federatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida boʻlib oʻtgan yigʻilishda e’lon qildi.

Yigʻilishda 2027-yilga qadar bo‘lgan yirik musobaqalarga mezbonlik qiluvchi mamlakatlar aniqlab olindi. Toshkent bu borada Xitoyning Chunsin hamda Gretsiyaning Afina shaharlari bilan raqobatlashgan.

Butunjahon taekvondo federatsiyasi Prezidenti Chungvon Choi barcha mezbonlar qatori mamlakatimizni ham qutlab, musobaqa yuqori saviyada oʻtkazilishiga ishonch bildirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting