O‘zbekistonda suzish bo‘yicha Jahon kubogi 2-bosqichiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Mazkur musobaqaning 2-bosqichi Toshkent shahrida tashkil etilishi belgilangan. Turnirning qolgan bosqichlari Boku va Astana shaharlarida o‘tkaziladi. Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tadigan musobaqaga tayyorgarlik doirasida Olimpiya shaharchasi direktori A. Mamadaliyev hamda O‘zbekiston suzish federatsiyasi Bosh kotibi R. Mustayev tomonidan Olimpiya shaharchasidagi suzish majmuasining imkoniyatlari va mavjud sharoitlari o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida sport majmuasining xalqaro musobaqalarni o‘tkazish talablariga muvofiqligi, infratuzilma imkoniyatlari hamda tashkiliy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Silk Road 2026 Jahon kubogi bosqichining Toshkentda o‘tkazilishi mamlakatimizda suzish sportini yanada rivojlantirish va xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish borasidagi ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.