O‘zbekistonda sport infratuzilmasi kengaymoqda
2025 yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda 19 ta yangi sport inshooti barpo etildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Loyihalarni amalga oshirish uchun davlat byudjeti hisobidan jami 108 milliard so‘m yo‘naltirildi.
Hududlar kesimida yetakchilik Buxoro viloyatiga tegishli bo‘lib, bu yerda 7 ta zamonaviy sport majmuasi ishga tushirildi. Namanganda esa 5 ta yangi ob'ekt barpo etildi.
Toshkent shahri va Andijon viloyatida ikkitadan sport inshooti foydalanishga topshirildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida esa bittadan ob'ekt barpo etildi.
Ayni paytda milliy iftixor hisoblangan kurash sporti ham rivojlanishda davom etmoqda. Uch yarim ming yillik tarixga ega ushbu bellashuv turi 1998 yili Toshkentda xalqaro federatsiyaga ega bo‘lgan va bugungi kunda dunyo miqyosida e’tirof etilgan sport turiga aylangan.