O'zbekistonda regbi bo'yicha U-19 chempionati yakunlandi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz
Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan sport maktabi stadionida regbining U-19 (o‘g‘il va qizlar) yo‘nalishidagi mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada yurtimizning turli hududlaridan 12 ta o‘g‘il bolalar va 5 ta qizlar jamoasi ishtirok etib, chempionlik uchun qattiq kurash olib bordi.
Bellashuvlar uzluksiz raqobat va yuqori shiddat bilan o‘tdi. Natijalar quyidagicha:
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin — Xorazm viloyati
2-o‘rin — Toshkent shahri
3-o‘rin — Namangan viloyati
Qizlar o‘rtasida:
1-o‘rin — Xorazm viloyati
2-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi
3-o‘rin — O‘zbekiston Milliy universiteti
G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bakradze Iman
Redaktor