locale OZ

O‘zbekistonda ot ustida kamondan otish sportini rivojlantirish yangi bosqichga chiqmoqda

Ushbu kelishuv O‘zbekistonning ushbu tarixiy sport turida jahon maydonidagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekistonda ot ustida kamondan otish sportini rivojlantirish yangi bosqichga chiqmoqda
photo: Ot sporti Uzbekistan

Vengriyaning Pomaz shahrida o‘tayotgan xalqaro Bosh Assambleya doirasida International Horseback Archery Alliance hamda Uzbekistan Horseback Archery Federation o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Mazkur hujjat tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlab, O‘zbekistonda ot ustida kamondan otish sportini rivojlantirish, uni keng ommalashtirish hamda xalqaro miqyosda ilgari surish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Memorandum Alan Le Gall — Xalqaro ot ustida kamondan otish alyansi prezidenti (Fransiya) va Bakhromjon Gaziyev — O‘zbekiston ot ustida kamondan otish federatsiyasi prezidenti tomonidan imzolandi.

Ushbu kelishuv O‘zbekistonning ushbu tarixiy sport turida jahon maydonidagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Hamkorlik doirasida sportchilarni tayyorlash tizimini rivojlantirish, xalqaro musobaqalarni tashkil etish, zamonaviy hakamlik va murabbiylik standartlarini joriy etish, shuningdek yoshlar orasida ushbu sport turini keng targ‘ib qilish rejalashtirilmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, O‘zbekiston ot ustida kamondan otish an’analari bilan boy tarixiy merosga ega. Bugungi kunda esa mamlakat ushbu qadimiy san’atni nafaqat saqlab qolish, balki uni xalqaro darajada yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.

Imzolangan memorandum O‘zbekistonda ot ustida kamondan otish sportini rivojlantirishda yangi sahifa ochib, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va jahon darajasidagi sportchilarni tayyorlash uchun mustahkam asos yaratadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting