Oʻzbekistonda ilk bor U-19 oʻsmirlar oʻrtasida voleybol boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtadi
24 iyuldan start oladigan musobaqa oldidan AQSh va Kuba terma jamoalari Toshkentda tayyorgarlikni boshlab yubordi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz
Ilk bor Oʻzbekiston mezbonligida oʻtkazilayotgan sportning voleybol turi boʻyicha “FIVB Volleyball Boys’ U19 World Championship” jahon chempionati boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi.
Ayni paytda musobaqaning A guruhida ishtirok etadigan Amerika, Finlandiya hamda B guruhida bellashuv olib boradigan Kuba jamoalari Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sport majmuasida tayyorgarlik mashgʻulotlarini oʻtkazmoqda.
Qizgʻin bahs va bellashuvlarga boy boʻlishi kutilayotgan musobaqa 2025-yilning 24-iyul sanasidan boshlanadi.
Bakradze Iman
Redaktor