locale OZ

O‘zbekistonda ilk bor Sinxron suzish bo‘yicha “SUV PARISI” 1-chi Ochiq Markaziy Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekistonda ilk bor Sinxron suzish bo‘yicha “SUV PARISI” 1-chi Ochiq Markaziy Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda
PHOTO: Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 noyabrdagi “Suv sporti turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda 2025 yil 13 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini sifatli taʼminlash maqsadida, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi va “Uzbekistan Aquatics” federatsiyasi hamkorligida joriy yilning 15–17 may kunlari Sinxron suzish bo‘yicha “SUV PARISI” 1-chi Ochiq Markaziy Osiyo chempionati tashkil etilmoqda.

U12, U15 va kattalar yosh toifalaridagi mazkur chempionatda O‘zbekiston, Rossiya, Bolgariya, Birlashgan Arab Amirliklari, Belarus Respublikasi va Qozog‘istondan 200 nafarga yaqin sportchi 186 ta medal jamg‘armasi uchun bahs olib boradi. Chempionatda O‘zbekiston sharafini 66 nafar sportchi himoya qilmoqda.

Musobaqalar ishtirokchilari Toshkent shahrida tantanali tarzda kutib olindi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari tizimidagi “Chinobod Plaza”, “Chinobod” hamda “Turon” sanatoriylariga joylashtirildi. Ular uchun musobaqalarga sifatli tayyorgarlik ko‘rish va to‘liq dam olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Chempionat doirasida “SUV PARISI” ishtirokchilari “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydilar.

“Yangi O‘zbekiston” majmuasi bo‘ylab tashkil etilgan sayohat chog‘ida xorijiy delegatsiyalar va yosh sportchilarga so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, ommaviy va professional sportni rivojlantirish, zamonaviy sport inshootlarini barpo etish va zarur infratuzilmani shakllantirish borasidagi ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting