locale OZ

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 regbi-7 bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi

Yig‘in davomida maxsus jismoniy tayyorgarlik, texnik-taktik elementlarni takomillashtirish hamda jamoaviy o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 regbi-7 bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi
photo: regbi Uzbekistan

2026-yil 1-fevraldan 20-fevralga qadar O‘zbekiston Respublikasining Toshkent viloyatida regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy terma jamoasi (U-20, o‘g‘il va qizlar) uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazilmoqda.

O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini Toshkent viloyati, Angren shahri, Dukent posyolkasida joylashgan “Yangiobod” o‘quv-mashg‘ulot bazasida tashkil etilib, sportchilarni bo‘lajak musobaqalarga tayyorlashga qaratilgan.

Yig‘in davomida maxsus jismoniy tayyorgarlik, texnik-taktik elementlarni takomillashtirish hamda jamoaviy o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘inining o‘tkazilishi O‘zbekistonda yoshlar regbisini rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lib, yosh sportchilarning sport mahoratini oshirish hamda mamlakat milliy terma jamoalari uchun raqobatbardosh zaxirani shakllantirishga xizmat qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting