locale OZ

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Istanbul Junior European Cup 2025 turnirida ikkinchi o‘rinni egalladi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Istanbul Junior European Cup 2025 turnirida ikkinchi o‘rinni egalladi
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Istanbul Junior European Cup 2025 turnirida ikkinchi o‘rinni egalladi

Turkiyaning Istanbul shahrida dzyudo bo‘yicha 2025-yilgi Yevropa Kubogining yoshlar o‘rtasidagi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda 5 qit’adan 30 ta davlatdan jami 505 nafar sportchi ishtirok etdi. O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq tarkibda musobaqaga qatnashdi.

Jadal va kuchli raqobat ostida o‘tgan bellashuvlar yakunida o‘zbekistonlik yosh dzyudochilar jamoaviy hisobda ikkinchi o‘rinni egallashdi. Ular musobaqani 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan yakunlashdi. Birinchi o‘rinni egallagan Braziliya terma jamoasi ham 2 ta oltin medalga ega chiqdi, ammo kumush medallar soni ko‘proq bo‘lgani sababli O‘zbekistondan oldinda turdi.

O‘zbekiston terma jamoasining medal sohiblari:
Oltin medallar:
– 57 kg: Aselxon Aralboeva
– +78 kg: Umida Nigmatova
Kumush medal:
– 66 kg: Dilshodbek Hamroev
Bronza medal:
– 73 kg: Bunyod Safarov

Jamoa murabbiylari: Kamol Murodov, Zafar Nafasov, Diyorbek Orazboev, Rafqat Izmailov, Nargiza Azimova.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting