locale OZ

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 14 ta medal bilan Osiyo chempionatini 1-o‘rinda yakunladi

Turnirga Indoneziya poytaxti Jakarta mezbonlik qildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 14 ta medal bilan Osiyo chempionatini 1-o‘rinda yakunladi
Фото: Спорт вазирлиги

Indoneziya poytaxti Jakarta shahri mezbonlik qilgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi.

Dzyudochilar birinchi kunning o‘zidayoq 9 ta medal (3 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza) bilan qit’aning eng kuchli jamoalari orasida ishonchli yetakchilikni qo‘lga kiritdilar.

Bugun esa boshlangan ishga chiroyli yakun yasaldi. Finalda kurashgan 5 nafar dzyudochi bari yorqin g‘alabalar evaziga Osiyo chempionligini rasmiylashtirdi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 8 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza, jami 14 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Koreya Respublikasi 3 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, 2 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medaliga ega Hindiston terma jamoasi kuchli uchlikka yakun yasadi.

O‘zbekiston kadetlar va yoshlar terma jamoalari to‘rt kunlik murosasiz bellashuvlar yakuniga ko‘ra umumiy hisobda 31 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting