O‘zbekiston yosh gandbolchi qizlari Osiyo chempionatida ikki g‘alaba bilan start oldi
Toshkentdagi musobaqada terma jamoamiz ikkinchi o‘rinda bormoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com
Poytaxtimizdagi “Alpomish” sport majmuasida 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati qizg‘in davom etmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki ikki bahsda maydonga tushib, har ikkala bellashuvda ham g‘alaba qozondi. Birinchi turda Hindiston 46:29 hisobida mag‘lub etilgan bo‘lsa, ikkinchi turda Gonkong ustidan 45:15 hisobida ishonchli g‘alaba qo‘lga kiritildi.
Hozircha jamoamiz ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. 24-avgust kuni Xitoy Taypeiga, 25-avgust kuni esa Xitoyga qarshi o‘yinlar o‘tkaziladi.
Guruhda dastlabki ikkita o‘rinni egallagan jamoalar yarim finalga yo‘l oladi.
Bakradze Iman
Redaktor