locale OZ

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi rahbariyati Markaziy ippodrom hududiga navbatdagi tashrifni amalga oshirdi

Tashrif doirasida Markaziy ippodromda navbatdagi yigʻilish oʻtkazilib, hududning joriy holati har tomonlama koʻzdan kechirildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi rahbariyati Markaziy ippodrom hududiga navbatdagi tashrifni amalga oshirdi
photo: Ot sporti Uzbekistan

Oldin berilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish maqsadida Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi rahbariyati Markaziy ippodrom hududiga navbatdagi tashrifni amalga oshirdi.

Tashrif doirasida Markaziy ippodromda navbatdagi yigʻilish oʻtkazilib, hududning joriy holati har tomonlama koʻzdan kechirildi. Sport otlarini saqlash sharoitlari, otlar saqlanadigan maxsus joylar (dennik), mashgʻulot va musobaqa maydonlari, shuningdek, infratuzilma inshootlari tekshirildi.

Yigʻilishda mas’ul mutaxassislar hamda sport otlarining egalari ishtirok etdi. Joyida barcha dolzarb masalalar muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha aniq qarorlar qabul qilindi va kerakli hujjatlar bilan tanishtirildi, mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Markaziy ippodrom hududida respublika va xalqaro musobaqalarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish, zarur sharoitlarni yaratish hamda infratuzilmani yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting