O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi prezidenti Gaziyev Baxromjon Lozanna shahridagi FEI Sport forumda ishtirok etadi
O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi prezidenti Gaziyev Baxromjon Lozanna shahridagi FEI Sport forumda ishtirok etadi.
2026 yil 30–31 mart va 1 aprelda Shveysariyaning Lozanna shahrida, nufuzli IMD Business School — Olimpiya poytaxtida FEI Sport forumi bo‘lib o‘tadi.
Forum doirasida O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi prezidenti, shuningdek Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti, FEI Solidarity departamenti kengashi a’zosi (FEI Solidarity Board Member) Gaziyev Baxromjon ishtirok etadi.
Forum xalqaro ot sporti jamoasi vakillarini birlashtirib, ot sportini rivojlantirishning muhim masalalari bo‘yicha muhokama maydoni bo‘ladi. E’tibor markazida strategik yo‘nalishlar, qoidalarni takomillashtirish, otlarning farovonligi va xavfsizligi masalalari, shuningdek, kelgusi xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik masalalari bo‘ladi.