O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi prezidenti Gaziyev Baxromjon Lozanna shahrida o‘tayotgan FEI Sport forumida ishtirok etmoqda
O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi prezidenti Gaziyev Baxromjon Lozanna shahrida o‘tayotgan FEI Sport forumida ishtirok etmoqda.
2026 yil 30–31 mart va 1 aprel kunlari Shveysariyaning Lozanna shahrida, nufuzli IMD Business School — Olimpiya poytaxtida FEI Sport forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forumning birinchi kuni — 30 mart sanasi yoshlar masalalariga bag‘ishlandi. Unda yosh sportchilarning bosqichma-bosqich yuqori darajadagi sportga o‘tishi, ularni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish yo‘llari muhokama qilindi.
Shuningdek, Los-Anjeles 2028 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga oid reglamentlar yuzasidan fikr almashildi. Kun yakunida esa FEI tomonidan yangilanayotgan ot sportining ot yo’rttirish yo’nalishi (viyezdka va para-viyezdka) reglamentlariga bag‘ishlangan muhim sessiya bo‘lib o‘tdi.