locale OZ

O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasiga yangi bosh kotib saylandi

Mazkur tadbirda sport mutasaddilari, terma jamoa murabbiylar shtabi ishtirok etishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasiga yangi bosh kotib saylandi
Фото: Olympic.uz

O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda tashkilotga yangi bosh kotib saylanib, odob-axloq va taftish komissiyalari tarkibi qayta shakllantirildi.

Mazkur tadbirda Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi va federatsiya mutasaddilari, terma jamoa murabbiylar shtabi ishtirok etdi.

Konferensiya davomida delegatlar tomonidan federatsiyaga yangi bosh kotib saylandi. Unga ko‘ra, yengil atletika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori Dilshod Avazov ushbu lavozimni egalladi.

Shuningdek, kun tartibiga muvofiq, odob-axloq va taftish komissiyalari tarkibi, federatsiya ustavining yangi tahriri ham tasdiqlandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting