locale OZ

O‘zbekiston XX Osiyo o‘yinlarida ilk bor ot sportining ot yo‘rttirish yo‘nalishida ishtirok etadi

O‘zbekiston ot sportida ikki yo‘nalish — ot yo‘rttirish (viyezdka) hamda to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishlarida ishtirok etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 O‘zbekiston XX Osiyo o‘yinlarida ilk bor ot sportining ot yo‘rttirish yo‘nalishida ishtirok etadi
photo: Ot sporti Uzbekistan

2026-yil 19-sentabrdan 4-oktabrgacha Yaponiyada XX Osiyo o‘yinlari — Aichi–Nagoya 2026 bo‘lib o‘tadi. Osiyo qit’asining turli mamlakatlaridan sportchilar ishtirok etadigan musobaqalarning ot sporti dasturi Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston ot sportida ikki yo‘nalish — ot yo‘rttirish (viyezdka) hamda to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishlarida ishtirok etadi.

O‘zbekiston uchun ushbu Osiyo o‘yinlarida ot sportining ot yo‘rttirish (viyezdka) yo‘nalishidagi ishtirok alohida ahamiyatga ega. Mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston nomidan ilk bor O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Alina Shevtsova ishtirok etadi. Sportchi musobaqada ishtirok etish uchun Yaponiyaga uchib ketdi.

Ot sportining ot yo‘rttirish (viyezdka) yo‘nalishidagi musobaqa 25–27-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Alina Shevtsovaning Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroki O‘zbekistonda ot sportining ot yo‘rttirish (viyezdka) yo‘nalishini rivojlantirish tarixida muhim qadam bo‘lib, ushbu yo‘nalish uchun yangi sahifa ochadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sportchilariga XX Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok, munosib natijalar va yorqin g‘alabalar tilaymiz!

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting