locale OZ

O‘zbekiston XX Osiyo o‘yinlari Aichi–Nagoya 2026 ga tayyorgarlik ko‘rmoqda

To‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishida esa mamlakatimiz sharafini Bekzod Кurbаnov, Abdurahmon Abdullayev, Nurjan Tuyakbayev va Oqil Sobirjonov himoya qiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 O‘zbekiston XX Osiyo o‘yinlari Aichi–Nagoya 2026 ga tayyorgarlik ko‘rmoqda
photo: Ot sporti Uzbekistan

O‘zbekiston XX Osiyo o‘yinlari Aichi–Nagoya 2026 ga tayyorgarlik ko‘rmoqda

2026-yil 19-sentabrdan 4-oktabrgacha Yaponiyada XX Osiyo o‘yinlari Aichi–Nagoya 2026 bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar doirasida ot sporti bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib, sportchilar ot sportining ot yo‘rttirish (viyezdka), uchkurash va to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishlari bo‘yicha medallar uchun kurash olib boradilar.

O‘zbekiston ot sporti ushbu yirik sport tadbirida mamlakatimiz sharafini himoya qiladi. Ot sportining ot yo‘rttirish (viyezdka) yo‘nalishida O‘zbekiston terma jamoasi safida Alina Shevtsova ishtirok etadi. To‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishida esa mamlakatimiz sharafini Bekzod Кurbаnov, Abdurahmon Abdullayev, Nurjan Tuyakbayev va Oqil Sobirjonov himoya qiladi.

Sportchilarimiz uchun XX Osiyo o‘yinlaridagi ishtirok xalqaro mavsumning muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, O‘zbekistonni Osiyoning eng yirik sport maydonlaridan birida munosib namoyon etish uchun yana bir imkoniyatdir.

O‘zbekistonlik chavandozlarning Germaniyaning Aaxen shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatidagi tarixiy ishtirokidan so‘ng, terma jamoamiz yangi maqsad va vazifalarni oldiga qo‘ygan holda o‘z yo‘lida davom etmoqda. Oldinda — yangi startlar, yangi sinovlar va mamlakatimiz ot sportini yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting