O‘zbekiston voleyboli xalqaro maydonda yangi bosqichga chiqmoqda
Joriy yilning 10–11 iyun kunlari O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari Jamshid Fayziyev hamda sohil voleyboli yo‘nalishi raisi o‘rinbosari Kodirali Mamataliyev, Xalqaro aloqalar bo'yicha mutaxassis Orifxon Amirxonov boshchiligidagi delegatsiya Shveysariyada joylashgan Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) bosh qarorgohida rasmiy uchrashuv va muzokaralarda ishtirok etdi.
Asosiy natijalar:
O‘zbekistonda voleybolni rivojlantirish bo‘yicha taqdimot qilindi.
Yoshlar sporti va milliy musobaqalar natijalari yuqori baholandi.
FIVB tomonidan Center of Excellence (2027) loyihasi qo‘llab-quvvatlandi.
Bu markaz dunyoda atigi 14 ta bo‘lib, O‘zbekiston 15-bo‘lishi kutilmoqda.
Muhim takliflar muhokamada:
2028-yil U-21 Jahon chempionatini O‘zbekistonda o‘tkazish.
Sohil voleyboli bo‘yicha Olimpiya reyting turnirlarini tashkil etish.
Xalqaro sport taqvimida O‘zbekiston o‘rnini mustahkamlash.
Xulosa:
Bu uchrashuv O‘zbekiston voleybolini yangi bosqichga olib chiqish, xalqaro musobaqalarni jalb qilish va infratuzilmani rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.