locale OZ

Oʻzbekiston voleybol federatsiyasida yil sarhisobi boʻlib oʻtdi

Yil davomida yuqori natijalar qayd etgan sportchilar va mutaxassislar taqdirlanishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oʻzbekiston voleybol federatsiyasida yil sarhisobi boʻlib oʻtdi
Фото: Olympic.uz

Poytaxtimizdagi “Renessans” kino uyida Oʻzbekiston voleybol federatsiyasining yil sarhisobiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda Ichki ishlar va Sport vazirliklari, Milliy Olimpiya qoʻmitasi hamda mamlakat voleybol federatsiyasi rahbariyati ishtirok etib, yil davomida yuqori natijalar qayd etgan sportchilar va mutaxassislar taqdirlanishdi.

Marosim avvalida soʻzga chiqqan rasmiylar yakuniga yetib borayotgan yil oʻzbek voleyboli uchun omadli va yorqin voqealarga boy boʻlganini taʼkidlashdi.

Xususan, mamlakatimizda voleybol boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining yuqori saviyada tashkil etilganiga alohida toʻxtalib, yangi yilda federatsiya va terma jamoalarimizga yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilashdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting