locale OZ

O‘zbekiston Voleybol Federatsiyasi — 26-AVC General Assembly’da

8-avgust kuni Bangkok (Tailand) shahrida Osiyo Voleybol Konfederatsiyasining (AVC) 26-Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston Voleybol Federatsiyasi — 26-AVC General Assembly’da
photo: Voleybol Uzbekistan

O‘zbekiston Voleybol Federatsiyasi — 26-AVC General Assembly’da

Bugun, 8-avgust kuni Bangkok (Tailand) shahrida Osiyo Voleybol Konfederatsiyasining (AVC) 26-Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Voleybol Federatsiyasi vakillari ham ishtirok etmoqda.

Assambleyaning asosiy maqsadi — Osiyo qit’asida voleybolni yanada rivojlantirish, federatsiyalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro musobaqalarni rivojlantirish hamda voleybol boshqaruvi va rivojlanish dasturlarini takomillashtirish.

Yig‘ilish kun tartibidan AVC faoliyati va moliyaviy hisobotlari, federatsiyalar faoliyati, hakamlar va murabbiylar yo‘nalishi, plyaj voleyboli, tibbiyot va rivojlanish qo‘mitalari takliflari, shuningdek, AVC Konstitutsiyasini yangilash masalalari o‘rin olgan.

O‘zbekiston Voleybol Federatsiyasi Osiyo voleybolining rivojlanishiga qaratilgan muhim jarayonlarda faol ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston voleyboli — Osiyo voleyboli bilan birga rivojlanmoqda!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting