locale OZ

O‘zbekiston VI Butunjahon Ko‘chmanchilar o‘yinlarida ishtirok etadi

2026-yil 31-avgustdan 6-sentabrgacha Qirg‘izistonda VI Butunjahon Ko‘chmanchilar o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston VI Butunjahon Ko‘chmanchilar o‘yinlarida ishtirok etadi
photo: Ot sporti Uzbekistan

O‘zbekiston VI Butunjahon Ko‘chmanchilar o‘yinlarida ishtirok etadi

2026-yil 31-avgustdan 6-sentabrgacha Qirg‘izistonda VI Butunjahon Ko‘chmanchilar o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Nufuzli xalqaro sport tadbirida 100 dan ortiq davlatdan 3 000 nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Musobaqalar dasturidan 43 ta sport turi o‘rin olgan bo‘lib, ular orasida milliy va an’anaviy sport turlari, ot sporti, kamondan otish, kurash va boshqa yo‘nalishlar mavjud.

O‘zbekiston delegatsiyasi ham VI Butunjahon Ko‘chmanchilar o‘yinlarida ishtirok etadi. Mamlakatimiz sharafini ot poygasi hamda ot ustida kamondan otish yo‘nalishlarida sportchilarimiz himoya qilishadi.

O‘zbekiston vakillarining ushbu nufuzli xalqaro musobaqada ishtirok etishi milliy ot sporti an’analarini dunyo miqyosida targ‘ib etish, sportchilarimizning xalqaro tajribasini oshirish hamda mamlakatimizning an’anaviy sport turlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

VI Butunjahon Ko‘chmanchilar o‘yinlari ishtirokchi davlatlarning boy tarixiy va madaniy merosi, milliy sport an’analari hamda zamonaviy sport yutuqlarini birlashtiruvchi yirik xalqaro maydonga aylanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting