locale OZ

O‘zbekiston velosportchilari “Qozog‘iston Respublikasining Tog‘ Chempionati”da faol ishtirok etmoqda

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston velosportchilari “Qozog‘iston Respublikasining Tog‘ Chempionati”da faol ishtirok etmoqda
PHOTO: Telegram

Joriy yilning 30-aprelidan 7-mayigacha Qozog‘iston Respublikasining go‘zal va murakkab tog‘li hududlarida an’anaviy va nufuzli musobaqa – “Qozog‘iston Respublikasining Tog‘ Chempionati” bo‘lib o‘tmoqda. Bu ko‘p kunlik shosse velopoygasi nafaqat Qozog‘iston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida velosport bo‘yicha eng muhim musobaqalardan biri hisoblanadi.

Mazkur chempionatda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilish uchun O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasidan 12 nafar elita va yosh toifasidagi sportchilarimiz qatnashmoqda. Ular safida tajribali velopoygachilar bilan bir qatorda kelajagi buyuk yosh iqtidor egalarini ham ko‘rish mumkin. Sportchilarimiz musobaqada yuqori ruh va yuksak jismoniy tayyorgarlik bilan ishtirok etmoqda.

Ayni paytda umumiy jamoaviy hisobga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 4-o‘rinni egallab turibdi. Bu natija o‘zbek velosportining tobora rivojlanib, xalqaro arenalarda o‘z so‘zini aytmoqdaganini yaqqol isbotlaydi.

Birinchi bosqich yakunlariga ko‘ra, sportchilarimizdan Ergashev Fazliddin, Muxtorov Sardorlar eng yaxshi natijalarni qayd etishdi – ular mos ravishda 22 va 24-o‘rinlarni egallashdi. Ular yuniorlar bahosida ham yuqori pog‘onalarga da’vogarlik qilmoqda.

Musobaqa oldindagi bosqichlar bilan davom etmoqda. O‘zbekistonlik sportchilar har bir bosqichda yuksak natijalarga erishish va mamlakatimiz bayrog‘ini baland ko‘tarish uchun kurash olib bormoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting