O'zbekiston velosiped sporti federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo'lib o'tdi
O'zbekiston velosiped sporti federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo'lib o'tdi.
Yig‘ilishda Sport vaziri o‘rinbosari Shahrullo Maxmudov va O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi Raisining birinchi o‘rinbosari Kozim O‘rinboyxo‘jayev ishtrok etdi.
Kun tartibiga ko‘ra, federatsiyaning 2025 yilda amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha xisobot berildi. Yig’ilish ishtirokchilari «Nagoya-2026» Osiyo o‘yinlari va «Los-Anjeles-2028» Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha belgilangan rejalar bilan tanishtirildi.
Shundan so‘ng, milliy terma jamoaga taklif etilgan xorijiy mutaxassislarning oldiga qo‘yilgan vazifalariga oid hisobot tinglandi.
Shuningdek, yig’ilish davomida O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi Bosh kotibi lavozimida ishlab kelgan Asqar Togaybekovning boshqa ishga o'tgani sababli mazkur lavozimga Xurshid Atakulov nomzodi ilgari surildi.
Yig‘ilish ishtrokchilari bir ovozdan Xurshid Atakulov nomzodni maqulladi.