O‘zbekiston va xalqaro tashkilot stol tennisi bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlaydi


Toshkent shahrida o‘tayotgan 15 va 19 yosh toifalari o‘rtasidagi Osiyo chempionati munosabati bilan mamlakatimizga tashrif buyurgan xalqaro mehmonlar — Xalqaro stol to‘pi federatsiyasi (ITTF) birinchi vitse-prezidenti Halil Al Mohannadi, Osiyo stol tennisi ittifoqi bosh direktori Nasib Hasan Al Faqih va Osiyo akademiyasi rahbari Ahmad Al Mohannadi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurishdi.
Mehmonlarni MOQ raisi birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov samimiy qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekistonda stol tennisi rivojini jadallashtirish, mahalliy mutaxassislar salohiyatini oshirish, xorijlik murabbiy va hakamlar bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mamlakatimizda xalqaro turnirlar sonini ko‘paytirish, milliy terma jamoalarga xorijlik mutaxassislarni jalb qilish va sportning ushbu turini ommalashtirish bo‘yicha ham takliflar ilgari surildi.

Maqolalar
Kecha da 10:33

Futbol
10 iyl 2025

Futbol
10 iyl 2025