locale OZ

O‘zbekiston va Vengriya Paralimpiya yo‘nalishida hamkorlikni kuchaytiradi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Bugun, 30 may kuni O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev Vengriyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Jo‘zef Roja bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasida Paralimpiya yo‘nalishidagi mavjud hamkorlik va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, kelgusida Vengriya Milliy Paralimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish, para suzish, aravachada qilichbozlik kabi Vengriyada keng rivojlangan sport turlari bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish kurslarini o‘tkazish, shuningdek, Vengriya tajribasi asosida metodik qo‘llanmalar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Paralimpiya sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting