locale OZ

Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasida sport taʼlimi sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Uchrashuv yakunida Sport vazirligi va Semmelweis universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasida sport taʼlimi sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Фото: Olympic.uz

Sport vaziri Adham Ikramov va Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov Vengriya rektorlar konferensiyasi prezidenti Bela Merkeli hamda Vengriya sport ilm-fan universiteti rektori Tamash Shterbenz bilan uchrashib, sport taʼlimi, ilmiy tadqiqotlar hamda mutaxassislar tayyorlash sohalaridagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Muloqot davomida ikki davlat oʻrtasida sport ilm-fani yoʻnalishida tajriba almashish, talabalar va mutaxassislar uchun qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, sport tibbiyoti va zamonaviy tayyorgarlik metodikalarini joriy etish kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi. Tomonlar bunday hamkorlik Oʻzbekistonda sport sohasida ilm-fan va taʼlimni yanada rivojlantirishga, xalqaro aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladilar.

Uchrashuv yakunida Sport vazirligi va Semmelweis universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting