locale OZ

O‘zbekiston va Qozog‘iston og‘ir atletikada hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi

Memorandum ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib, og‘ir atletika rivojiga mustahkam zamin yaratadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston va Qozog‘iston og‘ir atletikada hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi
photo: Og'ir atletika

Chirchiq shahrida O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasining Toshkent viloyati bo‘limi hamda Qozog‘iston og‘ir atletika federatsiyasining Olma-ota bo’limi o‘rtasida muhim hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat ikki davlat o‘rtasidagi sport aloqalarini yanada mustahkamlash, og‘ir atletikani rivojlantirish hamda sportchilar, murabbiylar va mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashinuvini kengaytirishga xizmat qiladi.

Kelishuv doirasida qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etish, xalqaro musobaqalarda o‘zaro ishtirokni ta’minlash, ilmiy-uslubiy hamkorlikni rivojlantirish va zamonaviy sport yondashuvlarini joriy etish rejalashtirilgan. Shuningdek, tomonlar sportda halollik tamoyillariga sodiq qolgan holda, dopingga qarshi kurashni birgalikda olib borishga kelishib oldilar.

Qayd etish kerak, ushbu Memorandum ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib, og‘ir atletika rivojiga mustahkam zamin yaratadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting