locale OZ

O‘zbekiston va Qozog‘iston ayollar terma jamoalari Chirchiqda qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda

Qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 12-iyunga qadar davom etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston va Qozog‘iston ayollar terma jamoalari Chirchiqda qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda
photo: Og'ir atletika

Ayni kunlarda Chirchiq shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston ayollar terma jamoalarining qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Mazkur yig‘in davomida sportchilar murabbiylar rahbarligida mahoratlarini oshirib, o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston va Qozog‘iston og‘ir atletika bo‘yicha jahon sportida yetakchi davlatlar qatoridan o‘rin olgan bo‘lib, har ikki mamlakat vakillari nufuzli xalqaro musobaqalarda muntazam ravishda yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda. Shu bois, ikki terma jamoa ishtirokidagi ushbu qo‘shma yig‘in sportchilar va murabbiylar uchun katta amaliy ahamiyat kasb etmoqda.

Do‘stona va professional muhitda o‘tayotgan mashg‘ulotlar sportchilarning texnik va taktik tayyorgarligini yanada mustahkamlash, shuningdek, tajriba almashish orqali mahoratni oshirishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, oldinda turgan jahon chempionati, Osiyo o‘yinlari va boshqa yirik xalqaro musobaqalar arafasida bunday hamkorlik har ikki terma jamoa uchun muhim tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.

Qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 12-iyunga qadar davom etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting