locale OZ

O‘zbekiston va Qirg‘iziston futzal tashkilotlari hamkorligi mustahkamlanmoqda

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha rasmiy kelishuv imzolandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston futzal tashkilotlari hamkorligi mustahkamlanmoqda
Фото: Ўзбекистон футзали

Osiyo kubogi-2026 saralash musobaqasi munosabati bilan Bishkek shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bugun Qirg‘iziston futbol ittifoqining birinchi vitse-prezidenti, Qirg‘iziston futzal assotsiatsiyasi prezidenti Nurdin Bukuev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar futzal sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.

Qirg‘iziston futbol ittifoqi rahbariyati O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatiga yo‘llanma olgani bilan samimiy tabrikladi.

— Futbol taraqqiyoti bo‘yicha O‘zbekistondan o‘rganadigan jihatlarimiz ko‘p. Qo‘shnilarimizning bosib o‘tgan yo‘li biz uchun maktab vazifasini o‘taydi. Shu bois tajriba almashib turish, muntazam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim, —
deydi Nurdin Bukuev.

Shuningdek, Qirg‘iziston tomoni O‘zbekistonda futzal yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlarni ham yuqori baholadi. Muloqot chog‘ida tomonlar terma jamoalar o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlari va boshqa qo‘shma tadbirlarni tashkil etish orqali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidlashdi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha rasmiy kelishuv imzolandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting