locale OZ

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi sport sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Tomonlar o‘zaro tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishib oldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Singapurda o‘tayotgan suv sport turlari bo‘yicha jahon chempionati doirasida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi sport rasmiylari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda O‘zbekiston tomonidan Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati, Koreya tomonidan esa mamlakatning Sport va Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Syeong Min Ryu ishtirok etdi.

Suhbat chog‘ida ikki mamlakat Milliy Olimpiya qo‘mitalari o‘rtasida hamkorlik yo‘l xaritasini ishlab chiqish, terma jamoalar o‘rtasida qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari uyushtirish hamda sport tizimini rivojlantirishda o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting