locale OZ

O‘zbekiston va Indoneziya futzal federatsiyalari o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Milliy terma jamoalar va klublar o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston va Indoneziya futzal federatsiyalari o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Фото: Ўзбекистон футзали

Osiyo kubogi–2026 musobaqasi doirasida Jakartada bo‘lib turgan O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov, O‘zbekistonning Indoneziyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oybek Eshonov hamda Indoneziya futzal federatsiyasi rahbari Maykl Viktor Sianipar o’rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot davomida ikki mamlakat futzal federatsiyalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, futzalni rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajriba va an’analar bilan o‘rtoqlashish masalalari muhokama qilindi. Xususan, murabbiylar malakasini oshirish, sohil futboli va bolalar futzali yo‘nalishlarida hamkorlik qilish, shuningdek, milliy terma jamoalar va klublar o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.

Shuningdek, Bekzod Mamatqulov Indoneziya futzal federatsiyasi rahbariyati hamda mamlakat hukumatiga Osiyo kubogi musobaqasini yuqori saviyada tashkil etgani va ishtirokchilar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting