locale OZ

O‘zbekiston va Indoneziya dzyudo federatsiyalari o‘rtasida Memorandum imzolandi

Memorandumning imzolanishi sport sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirishda muhim qadam bo‘ladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston va Indoneziya dzyudo federatsiyalari o‘rtasida Memorandum imzolandi
photo: judouz

Ikki mamlakat dzyudo federatsiyalari o‘zaro ikki tomon uchun ham manfaatli keng qamrovdagi hamkorlik rishtalarini bog‘lashdi.

Memorandum imzolash marosimida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov hamda Indoneziya Quruqlik qo‘shinlari shtab boshlig‘i (Chief of Staff of the Indonesian Army), general, mamlakat dzyudo federatsiyasi prezidenti Maruli Simandjuntak ishtirok etdi.

Memorandum o‘z ichiga ikki mamlakatning turli yosh toifasidagi terma jamoalari qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazish, murabbiylar va hakamlar uchun seminarlar tashkil etish kabi bir nechta yo‘nalishlarni oladi.

Memorandumning imzolanishi sport sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirishda muhim qadam bo‘lib, dzyudoni yanada rivojlantirish, Osiyo va jahon maydonlarida har ikki mamlakatning mavqeini mustahkamlash uchun yangi imkoniyat eshiklarini ochadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting