O'zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari Zamonaviy Beshkurash Federatsiyalari o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
O'zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari Zamonaviy Beshkurash Federatsiyalari o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi!
18-noyabr kuni Yaponiyaning Anjo shahrida davom etayotgan Osiyo chempionati doirasida muhim xalqaro uchrashuv bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Zamonaviy Beshkurash Federatsiyasi raisi Baxromjon Valiyevich Gaziyev Birlashgan Arab Amirliklari Zamonaviy Beshkurash Federatsiyasi raisi doktor Huda Abdul Rahmon Al Matroushi bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tomonlar ikki mamlakatda zamonaviy beshkurashni rivojlantirish, tajriba almashish, sportchilar va murabbiylar uchun o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish va qo'shma xalqaro musobaqalar o'tkazish masalalarini muhokama qilishdi.
Muzokaralar yakunida O'zbekiston Zamonaviy Beshkurash Federatsiyasi va Birlashgan Arab Amirliklari Zamonaviy Beshkurash Federatsiyasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandumning imzolanishi ikki mamlakat o'rtasidagi do'stona aloqalarni mustahkamlash, sportda xalqaro hamkorlikni kengaytirish va yosh sportchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo'lidagi muhim qadam bo'ladi.
Ushbu hujjat Oʻzbekiston Zamonaviy Beshkurash Federatsiyasining xalqaro maydondagi obroʻsi ortib borayotganini namoyish etadi. Kelajakda Federatsiya xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlikni davom ettirish va milliy terma jamoalari faoliyatini yangi bosqichga koʻtarish niyatida.