locale OZ

O‘zbekiston Universiadada yana 4 ta medalni qo‘lga kiritdi — reytingda 9-o‘rindamiz

Taekvondo va dzyudodagi yutuqlarimiz natijasida reytingda yuqoriladik
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Kecha, 23 iyul kuni Germaniyada Butunjahon yozgi Universiadaning yettinchi kuni doirasida turli sport turlari bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston delegatsiyasidan 27 nafar sportchi 5 yo‘nalishda ishtirok etdi. Taekvondo bo‘yicha aralash jamoaviy bellashuvda terma jamoamiz oltin medalni qo‘lga kiritdi, erkaklar o‘rtasidagi jamoaviy dasturda esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, kecha dzyudo bahslari ham boshlandi. Ilk kun ayollarimiz uchun omadli keldi — Laziza Haydarova (–48 kg) va Shukurjon Aminova (–57 kg) bronza medallari bilan taqdirlandilar.

Ayni paytda O‘zbekiston 113 davlat orasida medallar jamg‘arish bo‘yicha 9-o‘rinda bormoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting