locale OZ

O‘zbekiston Universiada qahramonlarini tantanali kutib oldi

Reyn-Rur–2025 musobaqasida tarixiy natijaga erishgan sportchilarimiz yurtga shon-shuhrat bilan qaytdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Germaniyada bo‘lib o‘tgan Reyn-Rur–2025 Butunjahon yozgi Universiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi Vatanga qaytib keldi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida sportchilarimiz uchun tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi. Unda Prezidentning sport masalalari bo‘yicha vakili Odil Abdurahmonov, Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari rahbarlari, Milliy Olimpiya qo‘mitasi vakillari, jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida rasmiylar yosh sportchilarimizni tarixiy yutuq bilan tabriklab, ularga kelgusida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.

Ma’lumot uchun, 16–27 iyul kunlari o‘tkazilgan mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi 4 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza medali bilan 113 davlat orasida umumjamoa hisobida 13-o‘rinni egalladi. Bu — terma jamoamizning Universiada tarixidagi eng yaxshi natijasidir.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting