locale OZ

Pahlavon Mahmud Markaziy Osiyo turniriga bag‘ishlangan konferentsiya bo‘lib o‘tdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston U-17 terma jamoamizning Shimoliy Koreaga qarshi tarkibi ma'lum
Photo: gettyimages

Urganch shahridagi “Yoshlik” sport kompleksida tashkil etilgan konferentsiyada Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston Kurash federatsiyalari rasmiylari hamda Xorazm viloyati Prokuraturasi, turnir tashkiliy qo‘mitasi a’zolari va OAV vakillari ishtirok etishdi.


Yig‘ilishda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Kurash federatsiyasi Raisi o‘rinbosari Uyg‘un Umarov barcha ishtirokchilari Kurash vataniga tashrifi bilan qutladi.Turnir ahamiyati va o‘tkazilish Dasturi haqida o‘z fikr mulohazalari bildirib o‘tdi.


Turnir Dasturiga ko‘ra ertaga 18 aprel kuni “Yoshlik” sport majmuasida kurash bahslari bo‘lib o‘tadi. 19 aprel kuni esa Xiva shahrida Pahlavon Mahmud muzeyida Kurash bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar va seminar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting