O'zbekiston U17 jamoasi IHB kubogining markaziy osiyo bosqichi g'olibi


Bugun O‘zbekiston U-17 terma jamoasi ham muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Biroz avval, qizlarimiz Tojikiston termasi ustidan 46:16 hisobida zafar quchib, opalari kabi muddatidan oldin Pokiston davlatida gandbol bo‘yicha U-17 va U-19 qizlar jamoalari o‘rtasida tashkil etilayotgan Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogining III - Markaziy Osiyo bosqichi g‘olibiga aylanishdi.

Buning barobarida, shu yosh toifasida Osiyo qit’asi bosqichiga beriladigan yagona yo‘llanmaga ega chiqishdi.
O‘zbekiston U-17 va U-19 terma jamoalari Faysalobod zaminida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishib, hamyurtlarimiz Pokiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Mo‘g‘uliston davlatlarining jamoalarini mag‘lubiyatga uchratishdi va Markaziy Osiyo hududida tengsiz ekanligini yana bir bor isbotlashdi.

Farangiz Baratova uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi

Futbol
Bugun da 07:40

Futbol
Bugun da 07:01

Maqolalar
Bugun da 04:20