O‘zbekiston U-19 voleybolchilari JCh chorak finalida Italiyaning raqibiga qarshi maydonga tushadi
“Yunusobod”da muhim bellashuv: terma jamoamiz pley-offda Yevropaning kuchli jamoasiga qarshi o‘ynaydi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
Bugun, 30 iyul kuni Toshkent va Chirchiq shaharlarida voleybol bo‘yicha U-19 yosh toifasidagi Jahon chempionati pley-off bosqichi start oladi. Kechagi guruh bahslarini to‘rtinchi o‘rinda yakunlagan O‘zbekiston terma jamoasi 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Endilikda voleybolchilarimiz chorak final doirasida Italiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
O‘yin soat 17:00 da Toshkentdagi “Yunusobod” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Italyanlar S guruhida Ispaniyadan keyin ikkinchi o‘rinni egallab, pley-offga yo‘l olgan.
Bellashuv terma jamoamiz uchun katta sinov bo‘ladi. Yevropaning tajribali jamoasiga qarshi bahs, o‘z navbatida, yosh voleybolchilarimiz uchun Jahon chempionatida o‘zini ko‘rsatish imkoni hamdir.
Bakradze Iman
Redaktor