locale OZ

O‘zbekiston U-19 voleybolchilari Jahon chempionatida Argentinaga qarshi maydonga tushadi

Yigitlarimizni navbatdagi sinov “Yunusobod” sport majmuasida kutmoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Toshkent shahrida voleybol bo‘yicha U-19 yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati qizg‘in davom etmoqda. Musobaqaning navbatdagi kunida O‘zbekiston terma jamoasi Argentinaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 17:00 da boshlanadi va “Yunusobod” sport majmuasida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz Turkiya va Puerto-Riko ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozongan, Pokistonga esa 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Argentina ham Turkiya va Puerto-Rikoni yenggan, ammo Belgiya qarshi o‘yinda imkoniyatni boy bergan.

Mazkur uchrashuv guruhdagi turnir jadvali uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting