O‘zbekiston U-19 voleybolchilari 26 iyul kuni Puerto-Rikoga qarshi maydonga tushishadi
Jahon chempionatidagi navbatdagi o‘yin “Yunusobod” sport majmuasida soat 17:00da boshlanadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
Toshkent shahrida voleybol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi (U-19) jahon chempionati davom etmoqda. Bugungi tur doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Puerto-Riko termasiga qarshi maydonga tushadi.
Yurtimiz vakillari shu paytgacha Turkiyani yirik – 3:0 hisobida mag‘lub etgan, Pokistonga esa 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan.
Puerto-Riko terma jamoasi esa turnirdagi dastlabki ikki uchrashuvda Argentina va Belgiya bilan bahslarda bir xil – 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuv bugun, 26 iyul kuni, soat 17:00da “Yunusobod” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Bakradze Iman
Redaktor