locale OZ

O'zbekiston U-18 gandbolchilari Italiyadagi nufuzli turnirda chempion bo'lishdi

Interamnia World Cup 2025 musobaqasida yoshlarimiz barcha o'yinlarda g'alaba qozonib, tarixiy natija qayd etdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Terramo (Italiya) shahrida o'tkazilgan Interamnia World Cup 2025 xalqaro gandbol turnirida O'zbekistonning yoshlar terma jamoasi (U-18) g'oliblikni qo'lga kiritdi. 120 jamoa ishtirok etgan musobaqada yurtimiz sharafini Olimpiya va Paralimpiya sport turlari bo'yicha Respublika tayyorgarlik markazi tarbiyalanuvchilari himoya qildi.

Yosh gandbolchilar barcha 10 uchrashuvda zafar quchib, finalda Fransiyaning Juno Handball Aventure jamoasini 26:24 hisobida mag'lub etdi.

Ushbu yutuq O'zbekiston gandboli tarixida yangi sahifa ochdi. Bu natija mamlakatimizda gandbol salohiyati oshib borayotganini yana bir bor namoyon qildi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting