locale OZ

O'zbekiston Triatlon Federatsiyasining Nukusga ishchi safari

O'zbekiston Triatlon Federatsiyasi vakillari 2025-yil 16–17-iyun kunlari Nukus shahriga (Qoraqalpog'iston Respublikasi) ishchi safari bilan tashrif buyurdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Triatlon Federatsiyasining Nukusga ishchi safari
photo: triatlon Uzbekistan

O'zbekiston Triatlon Federatsiyasi vakillari 2025-yil 16–17-iyun kunlari Nukus shahriga (Qoraqalpog'iston Respublikasi) ishchi safari bilan tashrif buyurdi. Safarning asosiy maqsadi triatlon bo'limining faoliyatini baholash, sport infratuzilmasining holatini o'rganish hamda yosh sportchilar orasida nazorat sinovlarini o'tkazishdan iborat bo'ldi.

Tashrif doirasida 11 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan 17 nafar yosh sportchi suzish va yugurish bo'yicha sinovdan o'tdi. Olingan natijalar sportchilarning tayyorgarlik darajasini baholash va ularning rivojlanish yo'nalishlarini belgilashga yordam beradi.

O'zbekiston Triatlon Federatsiyasi mamlakatning barcha hududlarida triatlonni rivojlantirish, yosh sportchilarni qo'llab-quvvatlash va ularning tayyorgarligiga sifatli sharoit yaratish bo'yicha tizimli ishni davom ettirmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting