O‘zbekiston triatlon bo‘yicha milliy terma jamoasi eng muhim xalqaro startlarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda
O‘zbekiston triatlon bo‘yicha milliy terma jamoasi eng muhim xalqaro startlarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Ayni paytda sportchilarimiz dengiz sathidan 1700 metr balandlikda joylashgan Xitoyning Yuysi shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazmoqda. O‘rta tog‘ sharoitidagi mashg‘ulotlar chidamlilikka yo‘naltirilgan sport turlari vakillari uchun tayyorgarlikning muhim qismi hisoblanadi.
Kislorod miqdori kamaygan sharoitda olib boriladigan mashg‘ulotlar organizmning aerob imkoniyatlarini rivojlantirish, kuch chidamliligini oshirish, yuqori yuklamalarga moslashuvni yaxshilash hamda uzoq muddatli fiziologik o‘zgarishlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Yuyisidagi o‘quv-mashg‘ulot markazi muntazam ravishda dunyoning turli mamlakatlari milliy terma jamoalari va yetakchi sportchilarini qabul qiladi. Bu yerda yengil atletikachilar, triatlonchilar, suzuvchilar hamda boshqa sport turlari vakillari, jumladan, eng yirik xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoalar mashg‘ulot olib boradi.
Xitoydagi ushbu yig‘in O‘zbekiston milliy terma jamoasining Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik bosqichlaridan biri hisoblanadi.
Sportchilarimizga samarali tayyorgarlik, muvaffaqiyatli moslashuv va bo‘lajak startlarda yuqori natijalar tilaymiz!