locale OZ

O‘zbekiston terma jamoasi Yevrosiyo kubogi musobaqasida ishtirok etadi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston terma jamoasi Yevrosiyo kubogi musobaqasida ishtirok etadi
PHOTO: Telegram

2025 yil 7 iyun : yoz mavsumida Rossiya Federatsiyasida ot sporti bo‘yicha nufuzli musobaqa — Yevrosiyo kubogining 5-bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqich Rossiyaning Moskva viloyatida joylashgan Maximas stable otxonasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Musobaqada O‘zbekiston Respublikasi ot sporti federatsiyasi tarkibidagi terma jamoamiz ham ishtirok etadi. Sportchilarimiz ot sportining ikki yo‘nalishi — to‘siqlardan sakrash (konkur) va ot yurtish (vyyezdka) bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etadi.

Mazkur musobaqa Yevrosiyo mintaqasidagi eng kuchli jamoalarni birlashtirgan holda, sportchilar uchun katta tajriba va xalqaro darajadagi bahslarda o‘zini sinab ko‘rish imkoniyatini beradi. O‘zbekiston delegatsiyasi 5-bosqichda ishtirok etish uchun Moskvaga yetib kelgan.

O‘zbekiston ot sporti terma jamoa ushbu nufuzli turnirda ishtirok etayotgan sportchilarimizga muvaffaqiyat va omad tilaydi. Shuningdek, xalqaro sport maydonlarida yurtimiz bayrog‘ini munosib himoya qilishlariga ishonch bildirad

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting