locale OZ

Oʻzbekiston terma jamoasi xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik doirasida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini boshladi.

22-iyundan 16-iyulgacha davom etadigan ushbu oʻquv-mashgʻulot yigʻini mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 13 nafar sportchi va 2 nafar murabbiyni birlashtirdi.
Boshqa sport turlari
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Oʻzbekiston terma jamoasi xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik doirasida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini boshladi.
photo: triatlon Uzbekistan

22-iyundan 16-iyulgacha davom etadigan ushbu oʻquv-mashgʻulot yigʻini mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 13 nafar sportchi va 2 nafar murabbiyni birlashtirdi.

Yigʻinda quyidagi sportchilar ishtirok etmoqda:
4 nafar sportchi– Andijon viloyati;
3 nafar sportchi– Toshkent shahri;
2 nafar sportchi– Toshkent viloyati;
2 nafar sportchi– Navoiy viloyati;
1 nafar sportchi– Qoraqalpogʻiston Respublikasi (Nukus sh.);
1 nafar sportchi– Qashqadaryo viloyati (Qarshi sh.).

Yigʻinning asosiy maqsadi – milliy terma jamoani 2026-yil 8-avgust kuni Turkiston (Qozogʻiston) shahrida boʻlib oʻtadigan Triatlon boʻyicha Osiyo Kubogiga yuqori saviyada tayyorlashdir.

Bir necha hafta davomida sportchilarni xalqaro musobaqa oldidan funksional tayyorgarlikni oshirish, texnikani takomillashtirish va maksimal sport formasiga kirishga qaratilgan qizgʻin mashgʻulotlar dasturi kutmoqda.

Jamoamizga samarali yigʻin va, albatta, Osiyo Kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etishini tilab qolamiz!

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting