locale OZ

O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun yo‘lga chiqishdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun yo‘lga chiqishdi
PHOTO: Telegram

2025-yil 6-may kuni O‘zbekiston Respublikasining eng ilg‘or ot sporti vakillari – 30 ga yaqin ot va 20 ga yaqin tajribali chavondoz xalqaro miqyosdagi yirik musobaqalarda ishtirok etish maqsadida safarga otlandi.

Ushbu safar doirasida sportchilarimiz Qirg‘iziston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi hamda Yevropaning bir qator yetakchi davlatlarida tashkil etiladigan musobaqalarda qatnashadi. Mazkur musobaqalar doirasida ot sportining turli yo‘nalishlari bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Bu musobaqalar nafaqat sportchilarimiz tajribasini oshirish, balki xalqaro maydonda O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarish imkoniyatini beradi.

O‘zbekiston terma jamoasi ushbu safar orqali jahon arenalarida o‘z mahoratini namoyon etish, xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallash hamda2028 yilda bo‘lib o‘tadigan nufuzli “Olimpiyada”ga (AQSh)munosib tayyorgarlik ko‘rishni maqsad qilgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting